Всероссийское СМИ "Время Знаний". Возрастная категория 0+

Лицензия на осуществление образовательной деятельности № Л035-01213-63/00622379

Свидетельство о регистрации СМИ ЭЛ № ФС 77 - 63093 от 18.09.2015 г. (скачать)


Ta’lim jarayonida yangi metod va usullardan foydalanish

Ta’lim jarayonida yangi metod va usullardan foydalanish

Посмотреть публикацию
Скачать свидетельство о публикации
(справка о публикации находится на 2 листе в файле со свидетельством)

Ваши документы готовы. Если у вас не получается скачать их, открыть или вы допустили ошибку, просьба написать нам на электронную почту konkurs@edu-time.ru (обязательно укажите номер публикации в письме)

Ta’lim jarayonida yangi metod va usullardan foydalanish

“Dars ma’nosiga to’g’ri kelmaydigan har qanday salbiy

harakat ta’lim olishni murakkablashtiradi”.

Ta’lim psixologiyasi

Shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatib kelingan edi. Bunday usul o‘quvchilarda mustakil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so‘ndirar edi.

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish. e’tibor kundan-kunga kuchayib bormokda. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg’ulotlar o‘quvchilar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv jarayonida o‘quvchi asosiy figuraga aylanadi.

Pedagog - olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida ta’lim tizimida

Nega o‘qitamiz? Nimani o‘qitamiz? Qanday o‘qitamiz? savollariga javob izlash bilan bir qatordaqanday qilib samarali va natijali o‘qitish mumkin? - degan savoliga ham javob qidirdilar.

Bu esa, olim va amaliyotchilarni o‘quv jarayoninitexnologiyalashtirishga, ya’ni o‘qitishni ishlab-chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko‘rish mumkin, degan fikrga olib keldi. Bunday fikrning tug‘ilishipedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yo‘nalishini yuzaga keltirdi.

Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin ortib borayotgan axborot — ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsata olish, turli sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash va axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iborat. So’nggi yillarda ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan yangi pedagogik texnalogiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi pedagogik-psixologik tushunchalar, interfaol metodlarni ta’lim beruvchi tomonidan o’zlashtirilib va qo’llanib borilishi ta’lim mazmunini tubdan o’zgartirib yubordi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Hozirgi kunda barcha soha-yu fanlar jadal rivojlanib borayotgan bir paytda ona tili fani samarali o‘qitilyaptimi? Bugungi kunda barcha o‘qituvchilar dars mashg‘ulotini to‘g‘ri tashkil qila oladimi? Dars mashg‘ulotining samaradorligi qanday omillarga bog‘liq? Bu kabi savollarga hozircha ijobiy javob bera olmasligimiz, achinarli holdir. O’quvchilar o’rtasida ona tili fanidan o’tkazilgan test natijalari quvonarli holatda emas. Ayniqsa, ulardan talab qilingan ijodiy ishlar (ijodiy bayon va insholar) nisbatan yaxshi ko’rsatkichga ega emas. Biz bu kabi muammolarni hal qilish uchun nimalarga e’tibor qaratishimiz kerak?

Zamonaviy o’qituvchi dars jarayonida “aktyor” emas “rejissyor” bo’lishi kerak. U o’z o’quvchilarini fanga ijodkorlik bilan qarashlarini tashkil etish, ularda izlanuvchanlik xususiyatlarini shakllantirish, shuningdek yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalangan holda darsni tashkil etishi kerak. Buning uchun esa o’qituvchi yangi ta’lim usullari va me’todlarini bilishi,dars jarayonida ulardan samarali foydalanishi maqsadga muvofiq.

Interfaol metodlar bizga nima uchun kerak?

Interfaol metodlar ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. Interfaol metod- ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metod. Interfaol metod va usullar: “Keys-stadi”, “Blist-so’rov”, “Modellashtirish”, “Sinkveyn”, “BBB”, “Venn diagrammasi”, “T jadvali”, “Klaster”, “Balik skaleti”, “Aqliy hujum”, “Zinama- zina”, “Muzyorar” va hakozo.

“Muzyorar” dars o’tilayotgan sinfda o’quvchilar befarqligining oldini olishga dars jarayonida hosil bo’lgan charchoqni va o’quvchilarga ruhiy bosim bo’lishining oldini olishga mo’ljallangan ma’lum bir xildagi faol faoliyat turidir. Demak, ular sinfda yuzaga kelgan “muzlash” ning oldini olish va agar bunday “Muzlash” hosil bo’lgan bo’lsa, uni eritib, yorib yuborish uchun ishlatilishi mumkin. Ko’pgina o’qituvchilar “muzyorar” larni ta’limni boshlang’ich bosqichidagina ishlatadilar, lekin uni xuddi shunday muvaffaqiyat bilan dars davomida, o’quvchilar bilan yoki o’quvchilararo muloqot ma’lum sabablarga ko’ra qiyinlashganda ham ishlatish mumkin. Bazi turlarga oid “muzyorar”lar o’quvchi yoki talabalarning bir birlari bilan tanishishlariga mo’ljallangan bo’lib, guruhlardagi shaxslarning bir-birlariga savol berishlarini ularning o’qish yoki ish sharoyitlari haqida o’zaro ma’lumot olishlarini, nimani yoqtirishlari haqida mulohaza qilishlarini o’z ichiga qamrab oladi. Buning sababi shundaki o’quvchi yoki talabalar darslarning boshlanishida bir birlarini yaxshi bilmaydilar. Shu sababli, ular orasidagi “muzdek” aloqani qandaydir usullar bilan eritib, do’stona aloqa o’rnatish kerak. Hozirgi kun ona tili o’qituvchisi bu yangi ta’lim usull va metodlaridan qay darajada foydalanyapti? Bizningcha darslarda bu metodlardan ayrim murabbiylar unumli foydalanmayapti. Jamiyatning axborotlashuvi ta’lim tizimida uzluksiz innovatsiyalarni talab etadi. Bugun har qanday uslub darhol eskirishi va yangi metodlar bilan boyitilishi mumkin. Dars mashg‘ulotida kerakli natijalarga erishish qaysi omillarga bog‘liq? Dunyoning turli mamlakatlarida ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan ta’limda innovatsiyalarni qo‘llash bo‘yicha izlanishlar olib borilgan. Ularda «innovatsiya», «interfaol usullar», «innovatsion texnologiyalar» to‘g‘risida yaxshi axborotlar to‘plangan, biroq axborot texnologiyalarini ta’lim muassasalarida o‘rgatish samaradorligini orttirish bo‘yicha aniq tavsiyalar yetarli emas. Ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni qo‘llash bugungi kunda quyidagi vazifalarni amalga oshirishni talab etadi:

o‘quv fanining aniq maqsadini aniqlash;

fanning hajmi va mazmunini aniqlash;

zarur bo‘lgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va tavsiya etish;

fanning moddiy va texnik ta’minotini yaratish;

ta’lim oluvchilarning xususiyatlarini o‘rganish;

o‘qituvchining tayyorgarligi va dars mashg‘ulotini loyihalash.

Yuqoridagi vazifalar ichida eng muhimi, bu o‘quv jarayonini tashkil etish uchun eng maqbul bo‘lgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va uni amaliyotda samarali qo’llashdir. Xulosa qilib aytganda, interfaol usullardan foydalanish, barkamol va komil shaxslarni tarbiyalash uchun xizmat qiladi.

Namangan tumani XTBga qarashli

29- sonli maktab ona tili

va adabiyot fani o’qituvchisi

Karimova Madina Mo’minjon qizi

Время Знаний

Россия, 2015-2024 год

Всероссийское СМИ - "Время Знаний"
Выходные данные
Издатель: ИП Воробьев И.Е.
Учредитель и главный редактор: Воробьев И.Е.
Электронная почта редакции: konkurs@edu-time.ru
Возрастная категория 0+
Свидетельство о регистрации ЭЛ № ФС 77 - 63093 от 18.09.2015 г.
выдано Роскомнадзор
Обновлено по состоянию на: 18.04.2024


Правообладатель товарных знаков
ВРЕМЯ ЗНАНИЙ (Св-во №779618)
EDUTIME (Св-во №778329):
Воробьев И.Е.

Лицензия на осуществление образовательной деятельности № Л035-01213-63/00622379 выдана Министерством образования и науки Самарской области